Farg‘onada karta o‘ynagan davlat xizmatchilari holati yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi

Avvalroq, Farg‘onada xizmat xonasida karta o‘ynagan hokimlik xodimi ishdan ketgani haqida xabar bergan edik

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ushbu holat yuzasidan o‘rganish boshlanganini ma'lum qildi

Holat bo‘yicha tegishli boshqarmalar va Uchko‘prik tumani hokimligining rasmiy sahifalarida tezkor munosabat bildirildi.

Masala tashkilotlar qoshidagi Odob-axloq komissiyasida muhokama qilindi. Ayni damda har ikkala masʼul shaxsning davlat xizmatida faoliyat yuritmayotganligini maʼlum qilindi. Shuningdek, holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты