Farg‘onada mashinadan pul sochgan yigit 10 sutkaga qamaldi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil salonidan chiqib, pul sochayotgan yigitning aks etgan videosi tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. 

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, ushbu holat viloyatning Beshariq tumanida sodir bo‘lgan. 

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar JIB Beshariq tumani sudida ko‘rib chiqilgan.

"Akamning to‘yidagi to‘y kortejida pul sochgan edim. Bu harakatimni qo‘l telefonimga videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joyladim. So‘ngra mening ushbu xatti-harakatlarimning noto‘g‘ri ekanligini tushuntirishdi. Bu ishimdan pushaymonman, tengdoshlarimga ham tavsiya qilmayman",- deydi huquqbuzar yigit. 

Unga ko‘ra, pul sochgan yigit MJtKning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50721 | Инструменты