Farg‘ona tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 2 kishi jarohatlandi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.
Qayd etilishicha, holat 5 may kuni soat 16:00 atrofida Farg‘ona — Vodil — Hamzaobod avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
25 yoshli haydovchi Nexia 3 avtomobilini boshqarib ketayotib, quvib o‘tish qoidasini buzgan. U qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan va yo‘nalishida kelayotgan 65 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Tico bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Tico haydovchisi vafot etgan. Shuningdek, ikki nafar yo‘lovchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50803 | Инструменты