Huawei 1
Farg‘onada sog‘ligi yomonlashgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida YTH sodir etib, halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida haydovchi halok bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

“Ruxsor” telekanalida berilgan lavhada aytilishicha, 61 yoshli haydovchi “Lacetti” mashinasi bilan O‘zbekiston tumani “Oqtepa” MFY hududidan o‘tgan yo‘lda harakatlanib ketayotganida sog‘ligi yomonlashgan.

Shunda “Lasetti” qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va o‘z yo‘lidan harakatlanib kelayotgan kichik yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida “Lacetti” haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91913 | Инструменты