Huawei 1
Farg‘onada tez yordam bemorni tabibga olib bordi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Tez yordam mashinasida bemor shifoxonaga emas, tabibning oldiga olib borilayotgani haqidagi xabarlar tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Holat yuzasidan Respublika tez tibbiy yordam markazi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Videoda bemorni Qo‘qon shahrida yashovchi “Qo‘qonlik tabib” I. Soliyev huzuriga tez yordam mashinasida olib kelinganligini ko‘rish mumkin.

O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, mazkur avtomashina tez tibbiy yordam xizmatiga emas, balki Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy klinikalardan biriga tegishli bo‘lgan. Videolavhadagi avtotransport vositasining orqa eshigida 103 xizmatiga taalluqli bo‘lmagan telefon raqami ko‘rsatilgan.

"Shuningdek, Farg‘ona viloyatidagi barcha tez tibbiy yordam mashinalarida “103” xizmatiga doir logotiplari tushirilgan",- deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112018 | Инструменты