Huawei 1
Fargʻonadan Xitoyning Guangjou, Urumchi, Shanhay, Chengdu shaharlariga aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilmoqda

Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Chengdu Airlines aviakompaniyasi marketing bo‘yicha direktori Syao Libo hamda uning hamkorlarini qabul qildi.

Muloqotda Chengdu Airlines tomonidan Farg‘onaga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.

Farg‘ona va Xitoy o‘rtasida yangi aviaqatnovning yo‘lga qo‘yilishi har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishi, hamkorlikni yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Viloyat hokimi 11 milliondan ziyod aholiga ega Farg‘ona vodiysi, qolaversa, Chin yurti uchun ham yangi havo qatnovini yo‘lga qo‘yish zarurligini bildirdi. Ushbu qatnovlar orqali ham iqtisodiy ham savdo-sotiq, turizm sohalari rivojlanishida muhim ekanligi qayd etildi.

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida aviaqatnovlar kam bo‘layotganini ma’lum qilgan kompaniya vakili Syao Libo, boshlanishiga 90 o‘rinlik samolyotlar yo‘lga qo‘yilishi maqsadga muvofiqligini bildirdi. Keyinchalik talabdan kelib chiqib, sig‘imi katta avialaynerlardan foylanish mumkinligi aytildi.

Viloyat rahbari Farg‘onadan Guangjou, Urumchi, Shanhay, Chengdu shaharlariga qatnovlarning amalga oshirish manfaatli bo‘lishini ta’kidlab, bu borada kerakli ko‘mak ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Chengdu Airlines kompaniyasi Xitoy Xalq Respublikasi hududlaridagi parvozlarga ixtisoslashgan aviatashuvchi hisoblanib, 2010-yilda tashkil topgan. Hozirda kompaniyada 78 ta samolyot bo‘lib, shundan 50 tasi uzoq masofalarga 28 tasi esa yaqin masofalarga parvozlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120209 | Инструменты