Migratsiya agentligining Seuldagi vakolatxonasi va Koreya Adliya vazirligi o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida imzolangan hujjatga ko‘ra, 30 noyabr kuni tugashi lozim bo‘lgan «yashil yo‘lak» loyihasi 2025 yilning 31 yanvar kunigacha uzaytirildi.
Demak, Janubiy Koreyada noqonuniy yurgan fuqaro 2025 yilning 31 yanvar sanasiga qadar «yashil yo‘lak»dan foydalanib, erkin chiqib ketishi mumkin.
Koreyada noqonuniy ishlab, yashab yurgan shaxslar:
1 oydan kam bo‘lsa 1 million von (716 dollar);
1 oydan 3 oygacha 1,5 million von (1074 dollar);
3 oydan 6 oygacha 2 million von (1432 dollar);
6 oydan 1 yilgacha 4 million von (2864 dollar);
1 yildan 2 yilgacha 7 million von (5012 dollar);
2 yildan 3 yilgacha 10 million von (7160 dollar);
3 yildan 5 yilgacha 20 million von (14 321 dollar);
5 yildan 7 yilgacha 25 million von (17 902 dollar);
7 yildan ko‘p bo‘lsa 30 million von (21 482 dollar) miqdorida jarima to‘laydi.
Ko‘rsatilgan muddat ichida Koreyani ixtiyoriy tark etsa:
yuqoridagi jarimalardan ozod etiladi;
keyinchalik Koreyaga qayta kirishi yengillashadi.
Ushbu muddat tugaganidan so‘ng fuqaro Koreyada yana qoladigan bo‘lsa, Migratsiya agentligi tomonidan shartnoma bandlariga ko‘ra fuqaro yoki uning kafiliga nisbatan:
katta miqdorda jarima (har bir oyi uchun 2000 dollar);
Koreya tomonidan qayta kirishga taqiq qo‘llanadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Koreya Adliya vazirligi sayti — www.hikorea.go.kr;
Migratsiya agentligining Seuldagi vakolatxonasi — 02-2285-1341 Asilbek Abdumutalov, Saida Adhamova.
«Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Koreya Respublikasida faoliyat yuritayotgan fuqarolarimizdan ushbu davlatning qonunchiligini buzmaslikni, ularning urf-odatlarini hurmat qilishlarini va noqonuniy yurgan yurtdoshlarimizni yuqorida ko‘rsatilgan muddat ichida O‘zbekistonga qaytishlarini so‘rab qoladi», — deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121300 | Инструменты