AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp dollar o‘rniga muqobil valyuta joriy etmoqchi bo‘lgan BRIKS davlatlarini ogohlantirdi. Bu haqda TRT xabar bermoqda.
Trampning ta’kidlashicha, agar BRIKS davlatlari ushbu rejadan voz kechmasa, ularga katta boj tariflari joriy etiladi.
“Biz bu davlatlardan BRIKSning yangi valyutasini yaratmaslik va qudratli AQSH dollari o‘rnini almashtiradigan boshqa valyutalarni qo‘llamaslikni talab qilamiz.
BRIKS 2006-yilda Rossiya, Xitoy, Hindiston va Braziliya tomonidan tashkil etilgan davlatlararo ittifoq hisoblanadi. 2011-yilda unga Janubiy Afrika Respublikasi ham qo‘shilgan. 2024-yil boshidan boshlab Misr, Efiopiya, Eron, BAA va Saudiya Arabistoni ham BRIKSga qo‘shildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120212 | Инструменты