Farg‘ona tumani Chimyon mahalla hududida yashovchi E.F ismli ayol 2022-yilning avgust oyidan buyon 2 nafar voyaga yetmagan qizlarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelayotgani aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar qildi.
Bu bo'yicha joriy yilning 10-fevral kuni Farg‘ona viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, E.F ismli ayolga nisbatan JIB Bag‘dod tumani sudi tomonidan BXMning 3 barobari (900.000 so‘m) miqdorda jarima jazosi tayinlandi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Farg'onada 5 nafar voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy diniy ta'lim berib kelgan shaxs ushlangani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, Buxoroda ham 3 nafar shaxs jami 36 nafar fuqaroga noqonuniy diniy ta'lim berib kelganligi aniqlangandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22302 | Инструменты