2,2 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga chiqqan

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-may oylarida qariyb 2,2 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 569,2 ming nafarga yoki 35,5 % ga oshgan.

Joriy yilning 5 oyida turistik maqsadlarda chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni:

  • Qirg‘iz Respublikasi – 995,3 ming nafar;
  • Tojikiston – 449,8 ming nafar;
  • Qozog‘iston – 322,5 ming nafar;
  • Saudiya Arabistoni – 100,2 ming nafar;
  • Rossiya – 86,5 ming nafar;
  • Turkiya – 63,9 ming nafar;
  • BAA – 55,7 ming nafar;
  • Quvayt – 16,5 ming nafar;
  • Misr – 13,5 ming nafar;
  • Janubiy Koreya – 8,3 ming nafar;
  • Boshqa davlatlar – 59,5 ming nafar.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70821 | Инструменты