“E-aktiv”dan biz voz kechdik, “E-aktiv” bo‘lmaydi” — Sherzod Qudbiyev

“E-aktiv” tizimi faoliyati to‘xtatiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalaridagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev ma’lum qildi.

Sherzod Qudbiyevning aytishicha, zamonaviy soliq instrumentlaridan foydalangan holda hozirda tovar (xizmat)lar kirim va chiqimlari bo‘yicha yetarli ma’lumotlar shakllangani sababli “E-aktiv” (E-ombor)ga ehtiyoj qolmagan.

Ma’ulmot uchun, 2022-yil 1-yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari va ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish, shuningdek, ruxsat etilgan mablag‘larni shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalar “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimida aks ettirish shartligi belgilangan edi.

“E-aktiv”dan biz voz kechdik, “E-aktiv” bo‘lmaydi, xudo xohlasa. Buni qilish qiyin ekan. Voz kechildi…”, — dedi Sherzod Qudbiyev.

“E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilgan vaqtda tadbirkorlar jiddiy e’tirozlar bildirgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70819 | Инструменты