5-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Talablarni to‘liq bajarmagani uchun qariyb 90 ming nafar abituriyent arizasi rad etildi

Bilim va malakalarni baholash agentligining xabar berishicha,  2024/2025-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tish talablarini to‘liq bajargan 805 ming 688 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berildi. 2023-yilda bu raqamlar 948 ming 486 nafarni tashkil etgan edi.

Qo‘qon va Farg‘onada Turkiyaning Eser Hotels brendi ostida besh yulduzli mehmonxonalar ochilishi rejalashtirilmoqda

Dastlab Qo‘qon shahrida, so‘ngra Farg‘onada Eser Hotels brendi ostida besh yulduzli mehmonxonalar ochish loyihasi muhokama qilindi.

Raqobat qo‘mitasi elektr quvvati ortiqcha hisoblanayotgan holatlarni o‘rganadi

O‘zbekistonda elektr energiyasi ortiqcha hisoblanayotganini o‘rganish uchun tezkor ishchi guruh tashkil etildi.

Xitoy kompaniyasi Farg‘onada $40 mlnlik investitsion loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda

Ikki bosqichli investitsion loyihaning dastlabki bosqichida 20 mln dollar investitsiya hisobiga Farg‘onada yig‘ish, payvandlash va bo‘yash liniyalari tashkil etilib, yiliga 500 ta maxsus transport vositalari ishlab chiqariladi.

Andijon shahrida jamoat transporti brutto-shartnomalariga o‘tkazilmoqda

Shu munosabat bilan yo‘lovchilarning avtobuslarga chiqishi va tushishi qat’iy tartibda oraliq bekatlaridan amalga oshiriladi.

Qarshida BYD bilan to'qnashgan Spark haydovchisi vafot etdi

BYD Qashqadaryo viloyati hokimligiga tegishli bo‘lgan.

Madaniyat vazirligi Ozodbek Nazarbekov kiyim do‘konini reklama qilganiga munosabat bildirdi

Munosabatda aytilishicha, Ozodbek Nazarbekov milliy brend rivoji uchun oʻzining shaxsiy fikrlarini bildirib, tavsiya berib oʻtgan. Yaʼni, bundan Ozodbek Nazarbekovning hech qanday moddiy manfaatdorligi yoki reklama orqali naf olish maqsadi koʻzlanmagan.

Qashqadaryoda bir haftalik chaqalog‘ini 190 mln so‘mga pullamoqchi bo'lgan er-xotin qamaldi

Ular uy olish maqsadida farzandini sotishini aytgan.

Ekologlar Besh-Orol qo‘riqxonasida oltin qazib olish va GES qurilishidan xavotirda

“Chegara bilmas daryolar” xalqaro koalitsiyasining ekologlari Qirg‘iziston hukumati hududdagi allyuvial oltin qazib olish va GES qurilishi uchun noyob YuNESKO qo‘riqlanadigan hududni berganidan xavotirda.

Baxtiyor Ibroximov Jizzax viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi

U tayinlovga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Yangilangan WBA reytingidan 8 bokschimiz joy oldi, 3 nafari vazn peshqadami

Butunjahon boks assotsiatsiyasi iyun oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingni eʼlon qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70819 | Инструменты