Mirzo Ulug‘bek tumanida fuqaro mansabdor tanishi orqali 27 sotix yerni sotib yubordi
Mirzo Ulug‘bek tumanida fuqaro mansabdor tanishi orqali 27 sotix yerni sotib yubordi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro T.S. o‘zgalar mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqarolar M. va O.ga Toshkent viloyatidan 27 sotix yer maydonini “Elektron onlayn auksion” orqali olib berishiga ishontirib, ularning jami 80 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92102 | Инструменты