Turkiya va O‘zbekiston IIV hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan, bir qancha firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, fuqarolarga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganlikda ayblanib, O‘zbekiston IIV tomonidan 2021 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan, 1986 yilda tug‘ilgan Babayans Robert Vladimirovich Toshkent shahriga deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh kolsunxonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoxud IIOning quyi hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘raladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112614 | Инструменты