Fuqarolarni Angliya va Kanadaga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.Sh. fuqaro Sh.B. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularni Angliya davlatiga ishlash uchun yuborishni vaʼda qilib, evaziga ularning 18 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.      

Departamentning Oltinko‘l tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro X.T. fuqaro S.K.ning ishonchiga kirib, uni Kanada davlatiga ishga yuborishi evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.J. fuqaro E.X.ni 1 500 AQSH dollari evaziga Serbiya yoki Bolgariya davlatlariga ishlash uchun viza olib berishini aytib, shundan 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70402 | Инструменты