3-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Ostona shahrida Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi

Uchrashuvda tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard dollarga yetkazish imkoniyatlari qayd etildi. Turizm, ilm-fan, ta’lim, kadrlar tayyorlash va xitoy tilini o‘rganish sohalarida hamkorlikni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi. Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif qildi.

O‘zbekistonda qurolga ruxsatnoma olish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Vazirlar Mahkamasining “Qurol muomalasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Toshkentda avtobus haydovchilari yil boshidan buyon eng ko‘p qanday qoidabuzarliklar qilgani ochiqlandi

2024-yilning o'tgan 2-choragida jami 1392 ta qoidabuzarliklar aniqlangan.

Qamoqxonalarda tovar xarid qilish uchun infokiosklar o‘rnatiladi

Jazoni ijro etish muassasalariga Face-ID identifikatsiya tizimi mavjud bo‘lgan infokiosklarni o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanmoqda.

Yo'l obyektida qurilish va ta'mirlash ishlari bo'yicha huquqbuzarlik aniqlanishiga yordamlashgan shaxslar mukofotlanadi

Ruxsatnoma olmasdan yo'l obyektida qurilish va ta'mirlash ishlarini amalga oshirganlik yoki yo'l obyektining avvalgi holatini tiklash bo'yicha majburiyatni bajarmaslik holati bo'yicha huquqbuzarlik aniqlanishiga faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.

O‘zbekiston fuqarolari Shvetsiyaga ishga jalb etiladi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Shvetsiya Qirolligining yirik ish beruvchi kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

"Xalqning ichida musulmonlar bir paytlar butun dunyoni ilm-urfon bilan to‘ldirgani kabi bugun biz ham to‘ldirishimiz kerak" - muftiy Nuriddin Xoliqnazar

O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazar bolalarga dunyoviy bilimlarni o‘rgatish haqida gapirdi.

Toshkent metrosining yopiq vestibyullari qachon ochilishi bo‘yicha maʼlumot berildi

Ma'lum qilinishicha, “Xalqlar do‘stligi” bekatida mavjud eskalatorni yangisiga almashtirish maqsadida yopilgan ikkinchi vestibyulda hozirda ishlar amalga oshirilmoqda va bu vestibyul faoliyati bir oy muddatda qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Yunusobodda suv o‘tkazgich tarmog‘i yorilishi oqibatida ko‘chalarni suv bosdi

Holat yuzasidan "Toshkent shahar suv ta’minoti" izoh berdi. Hududning katta qismi suv ta’minotidan uzilgan.

Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegara hududida noqonuniy yerosti yo‘li aniqlandi

Fuqaroning Toshkent tumani “O‘rikzor” mahallasidagi uyini Qozog‘istonning Sariyog‘och tumani “Do‘stlik” aholi yashash punkti bilan bog‘lovchi yerosti yo‘lining uzunligi 310 metrni tashkil etadi.

Buxoroda oila qurgan 16 yoshli yigit va 17 yoshli qizning ota-onasiga ma’muriy ish qo‘zg‘atildi

O‘rganish davomida aniqlanishicha, ikkala voyaga yetmaganning oilalari o‘zaro kelishuvi asosida 29-iyun kuni Buxoro shahrida nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgan.

Yo'l obyektlarini qurilish va ta'mirlash ishlari alohida ruxsatnoma olingandan so'ng amalga oshiriladi

“Yo'llar va yo'l infratuzilmasining yaxshi holatda saqlanishini ta'minlash hamda hududlarni obodonlashtirish bo'yicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70616 | Инструменты