Huawei 1
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-979-son, 21.10.2024 y.) bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartirish kiritildi.

Qonunga ko'ra, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma'lumotlarining yagona ro'yxatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilmagan o'zga hujjatlarni, shu jumladan bank hisobvarag'ini ochishda ortiqcha hujjatlarni tadbirkorlik subyektlaridan talab qilib olganlik, xuddi shuningdek mazkur yagona ro'yxatga kiritilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o'zgartirish kiritilmoqda

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102215 | Инструменты