Huawei 1
Isroil armiyasi: Suriyada “Hizbulloh” moliyaviy rahbari o‘ldirildi

Isroil armiyasi 21-oktyabr kuni Suriya hududida Livandagi “Hizbulloh” guruhiga moliyaviy yordam beruvchi so‘nggi qo‘mondon “yo‘q qilinganini” e’lon qildi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

Ismi oshkor etilmagan bu shaxs, Tehronning neft savdosidan tushgan mablag‘larini “o‘tkazish va miqdorini nazorat qilishga” mas’ul “Hizbulloh”ning 4400-bo‘linmasini boshqargan, deydi Isroil armiyasi vakili, kontradmiral Daniel Hagari.

Hagari bo‘linmani avvalroq Shayx Saloh nomi bilan tanilgan Muhammad Jafar Ksir boshqarganini aytib o‘tgan.

U “Hizbulloh”ning asosiy daromad manbaini yillar davomida boshqargan, toki biz oktyabr oyi boshida poytaxt (Bayrut) ga qaratilgan hujumda uni yo‘q qilmagunimizcha, degan u.

21-oktyabr kuni Suriya mudofaa vazirligi Damashqdagi avtomobilga qaratilgan Isroil hujumi oqibatida ikki kishi halok bo‘lganini e’lon qildi.

Suriya Inson huquqlari observatoriyasiga ko‘ra, HAMAS rahbari Yahyo Sinvar xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilayotgan hududda o‘z avtomobilini boshqarayotgan suriyalik bo‘lmagan shaxsga havo zarbasini berilgan.

4400-sonli bo‘linma Eron neftini Suriyaga yetkazib berish va uni keyinchalik Livanda sotish vazifasini bajaradi. Hagari ta’kidlashicha, uning qiymati “o‘n millionlab dollarga teng”.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102215 | Инструменты