Huawei 1
Qashqadaryoda avtokredit mablag‘ini o‘zlashtirgan shaxslar ushlandi

Qarshi shahrida avtokredit mablag‘ini o‘zlashtirish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, fuqarolar Sh.Q. va boshqalar fuqaro Sh.Q.ga hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit evaziga xarid qilingan BYD HAN avtomashinasini kredit taʼminoti sifatida garovga qo‘ymagan. Oqibatda bank manfaatlariga 620 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102214 | Инструменты