Huawei 1
G‘ulomjon Yoqubov «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi

75 yosh tavallud sanasini nishonlayotgan G‘ulomjon Yoqubov «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

Poytaxtdagi «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyida xonanda, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov tavallud sanasi munosabati bilan katta konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Musiqiy oqshomda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubovni mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonini O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov o‘qib eshittirdi.

Unga ko‘ra, G‘ulomjon Yoqubov milliy qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirish borasidagi xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva mukofotni san’atkorga topshirdi.

Ma’lumot uchun, G‘ulomjon Yoqubov 60 yildan buyon san’at yo‘lida xizmat qilib kelmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30314 | Инструменты