Huawei 1
Bugundan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olish bo‘yicha arizalar qabuli rasman boshlandi

2025-yil 3-martdan boshlab ipoteka kreditlari uchun subsidiya olish bo‘yicha arizalar qabuli rasman boshlandi. Arizani Davlat xizmatlari markaziga borib yoki my.gov.uz orqali onlayn jo‘natish mumkin. Davlat xizmatlari markazalari faqat arizalarni qabul qilishda vakolatli hisoblanib, ularni ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etmaydi.

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya to‘lanadigan talabgorlar komissiya va masʼul tashkilotlar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida tanlanadi.

Komissiya va masʼul tashkilotlarga quyidagilar kiradi:

- Tibbiyot birlashmasi

- Soliq inspeksiyasi

- Oila va xotin-qizlar bo‘limlari

- Tuman (shahar) moliya bo‘lim. 

Arizangizda ko‘rsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqlik bo‘yicha barcha maʼlumotlar belgilangan tartibda tekshiriladi. Bunda, arizalar Komissiya va masʼul tashkilotlar tomonidan navbat asosida ularning taqdim etilishi ketma-ketligiga muvofiq ko‘rib chiqiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30321 | Инструменты