Huawei 1
Gʻuzorda quyosh fotoelektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha tender e'lon qilindi

Energetika vazirligi Gʻuzor tumanida quvvati 300 MVtgacha bo‘lgan quyosh fotoelektr stansyasining (QFES) qurilishi loyihasi doirasida mustaqil elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar (investorlar – ishlab chiqaruvchilar) uchun tender (talablarga muvofiqlik so‘rovi - RFQ) bosqichi boshlanganligini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, ushbu loyiha O‘zbekiston hukumati tomonidan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ko‘magida amalga oshirilayotgan umumiy quvvati 1 GVt bo‘lgan QFESlarni qurish dasturi doirasidagi ikkinchi loyiha hisoblanadi.

Dastur Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Mazkur Dastur qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish va 2030 yilga qadar mamlakatimizda elektr energiyasiga o‘sib borayotgan talabni qondirish uchun 7 GVtgacha quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha Strategiyaning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir.

Tanlov g‘olibi tomonidan Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida 300 MVtgacha quvvatga ega QFESni loyihalashtirish, moliyalashtirish, 25 yil davomida foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirilishi kutilmoqda.

Loyiha doirasida investor loyiha yer maydoni yonida joylashgan 500 kV kuchlanishli Gʻuzor podstansiyasigacha elektr uzatish tarmog‘ini ham qurishi kerak bo‘ladi.

Ushbu loyiha OTB bilan yuqorida keltirilgan qo‘shma dastur doirasidagi birinchi loyihada – 457 MVt quvvatga ega Sherobod QFESni qurishda qo‘llanilgan ilg‘or xalqaro amaliyotga muvofiq amalga oshiriladi.

Loyiha xalqaro miqyosda tan olingan modelli davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida, malakali xususiy investor – ishlab chiquvchini jalb etish va tanlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Tender “talablarga muvofiqlik so‘rovi” (RFQ) bosqichida ishtirok etish uchun barcha manfaatdor tomonlar So‘rov hujjatini yuklab olishlari va tenderda ishtirok etishlari mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102002 | Инструменты