Energetika vazirligi hamda “Hududgazta’minot” AJ tomonidan aholi iste’molchilarining tabiiy gaz sarfi va xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi “Hudud Gaz Ta‘minot” mobil ilovasi test sinovida ishga tushirildi.
"Ayni paytda iste’molchilar mazkur ilovani Android hamda iOS operatsion tizimi qurilmalari orqali bepul yuklab olishlari mumkin. Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi.
Mazkur ilova orqali iste’molchilar bevosita kunlik va oylik kesimida tabiiy gaz iste’molini kuzatib borish, xususan, gaz hisob raqamlariga to‘lov qilish hamda suyultirilgan gaz iste’molchilari o‘z hisoblarini to‘ldirish va biriktirilgan ballonlar ro‘yxatini ko‘rib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar", deyiladi Energetika vazirligi xabarida.
Ilovani yuklab olgandan keyin unga tegishli shaxsiy hisob raqami hamda One ID xizmati orqali ulanish mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112019 | Инструменты