Huawei 1
Germaniya kompaniyasi o'z tarkibiga O'zbekistondagi past uglerodli tosh mineral paxta ishlab chiqarish biznesini qo'shib olmoqda

"KNAUF" va "Texnopark" kompaniyalari Toshkent shahrida past uglerodli tosh mineral paxta ishlab chiqarish bo'yicha strategik hamkorlik kelishuviga erishganini e'lon qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Ushbu kelishuv doirasida "KNAUF" ishlab chiqarish boshqaruvini o'z zimmasiga olmoqda va zavoddagi ilg'or texnologiyalarni joriy etish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni maqsad qilgan.

Zavod elektr energiyasi yordamida eritish texnologiyasi asosida faoliyat yuritib, past uglerodli (SO2) chiqindilar bilan energiya samarador materiallarni ishlab chiqaradi. 2022-yil oxirida ishga tushirilgan bu zavod Markaziy Osiyodagi barqaror qurilish bozorining talablariga javob beradigan zamonaviy energiya tejamkor izolyatsiya materiallari ishlab chiqaradi.

– Bu kelishuv bizga Markaziy Osiyoda izolyatsiya materiallari ishlab chiqarishni salmoqli darajada kengaytirish imkonini beradi, – "KNAUF" guruhining bosh hamkori Aleksandr Knauf. –Markaziy Osiyodagi tez rivojlanayotgan qurilish bozori va energiya samaradorligiga bo'lgan yuqori talab bizdan innovatsion va energiya tejamkor yechimlarni talab qiladi. "KNAUF"ning xalqaro tajribasidan foydalangan holda, biz mijozlarimizga yuqori sifatli va qulay izolyatsiya yechimlarini taqdim etishda o'z yetakchiligimizni mustahkamlaymiz.

–O'zbekistondagi islohotlar va jadal taraqqiyot jarayoni mamlakatdagi investitsiya muhitini yaxshilab, barqaror rivojlanish va aholi farovonligini oshirish uchun qulay sharoit yaratmoqda. Bu esa bizning mintaqaga bo'lgan ishonchimizni mustahkamlaydi va kelgusida yangi investitsiya tashabbuslarini amalga oshirishga tayyorligimizni ko'rsatadi, – guruh bosh hamkori Uve Knotser.

"KNAUF Gruop" boshqaruvi a'zosi, "KNAUF Insulation" yo'nalishining Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyo bo'yicha bosh direktori Dominik Bossanning fikricha, ushbu bitim kompaniyaning tejamkor energiya, sifat va ekologik tozalik ustuvor jihatlar hisoblangan istiqbolli binolarni qurish kabi uzoq muddatli strategik maqsadining ro'yobga chiqarilishiga zamin yaratadi.

"KNAUF Group" 1932 yilda tashkil etilgan xalqaro oilaviy kompaniya bo'lib, bosh qarorgohi Germaniyaning Inhofen shahrida joylashgan. U dunyodagi yetakchi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilaridan biri sanaladi. Kompaniya 90 dan ortiq davlatda 300 dan ziyod ishlab chiqarish va savdo obyektlariga ega. Shuningdek, u gips mahsulotlari, energiya tejamkor izolyatsiya va to'liq izolyatsion tizimlar sohasidagi yetakchi ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. 2023-yilda "KNAUF" guruhining savdo hajmi 15,6 milliard yevroga yetdi va unda 42 ming 500 nafardan ortiq xodim faoliyat ko'rsatadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102114 | Инструменты