Huawei 1
O‘zbekistondagi 524 ta ovqatlanish joylarida taomnoma davlat tilida emasligi aniqlandi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 700 ga yaqin ovqatlanish korxonalarida tanlanma asosida o‘rganish ishlari olib bordi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida iste’molchilardan umumiy ovqatlanish korxonalarida (restoran kafe, oshxona va bufet) ko‘rsatilayotgan xizmatlarda sanitariya-gigiyena talablari buzilayotganligi, narxlarni oshirib qo‘llash hamda taomnomalarning davlat tilida taqdim etilmayotgani yuzasidan 250 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan.

Qo‘mita o‘rganish ishlari natijasida:

  • 524 tasida — (75 foizi) taomnoma davlat tilida emas;
  • 480 tasida — (69 foizi) ish rejimi ko‘rsatilmagan;
  • 449 tasida — (65 foizi) narxnomalar mavjud emas;
  • 429 tasida — (62 foizi) avtoturargohlar mavjud emas;
  • 519 tasida — (74,6 foizi favqulodda vaziyatlari uchun chiqish yo‘laklari mavjud emasligi aniqlangan.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 500 dan ortiq umumiy ovqatlanish subyektlari ustidan vakolatli organlarga ma’lumotlar kiritilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102116 | Инструменты