Huawei 1
Yuliya Navalnaya Rossiyaga qaytsa, prezidentlikka nomzodini qo‘yishga tayyorligini aytdi

Rossiyalik muxolifatchi marhum Aleksey Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya agar Rossiyaga qaytsa, prezidentlik saylovida o‘z nomzodini qo‘yishini aytdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Navalnaya prezident Vladimir Putin hokimiyat tepasida ekan, orqaga qaytish “afsuski, imkonsiz”ligini bildirdi. Aleksey Navalniyning bevasi qo‘lga olinishi ehtimoli tufayli hatto erining dafn marosimiga ham Rossiyaga kela olmaganini esladi.

Rossiyada Yuliya Navalnaya 2021-yil sentyabr oyida Aleksey Navalniy va uning sheriklariga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish doirasida “ekstremistik hamjamiyat”da (JK 282.1-moddasi 2-qismi) ishtirok etganlikda ayblanmoqda. 2024-yil iyul oyida Basman sudi Navalnayani sirtdan hibsga olgandi.

Aleksey Navalniy 2018-yilgi Rossiya prezidenti saylovida o‘z nomzodini ko‘rsatmoqchi edi. Biroq Markaziy saylov komissiyasi uni “Kirovles” ishi bo‘yicha sudlangani sababli saylovga qo‘yishdan bosh tortgan. Siyosatchi bu qaror ustidan sudga shikoyat qila olmagan.

Aleksey Navalniy Yamalo-Nenets avtonom okrugidagi koloniyada vafot etgani haqida Federal jazoni ijro etish xizmati 16-fevral kuni xabar bergan edi. O‘lim sababi tromblar yorilishi deb aytilgan, ammo bu maʼlumot tasdiqlanmagan. 17-fevral kuni koloniya xodimlari siyosatchining onasi Lyudmila Navalnayaga uning “to‘satdan o‘lim sindromi”dan vafot etgani haqida xabar bergan. Tibbiy o‘lim guvohnomasida esa siyosatchi “tabiiy sabablar” tufayli vafot etgani qayd qilingan.

Navalniyning jasadi 24-fevral kuni onasiga berilgan. Bundan oldin tergovchilar Navalnayani shantaj qilib, siyosatchining dafn marosimini yashirin o‘tkazishni talab qilgan. Aleksey Navalniy 1-mart kuni Moskvadagi Borisovskiy qabristoniga dafn qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102116 | Инструменты