Huawei 1
Green Card anketasini to‘ldirish 2-oktyabrdan boshlanadi

AQSH hukumati "Turli millatga mansub immigrantlar vizasi — DV" (Green Card) dasturida qatnashish uchun anketa to‘ldirish 2 oktyabrdan boshlanishini maʼlum qildi. Anketa to‘ldirish Toshkent vaqti bilan 2 oktyabr soat 21:00 dan 5 noyabr soat 21:00 gacha davom etadi.

Har yili AQSH hukumati «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi — DV» dasturi doirasida maʼlum miqdorda doimiy yashash huquqini beruvchi vizalar ajratadi. Vizalar so‘nggi besh yil ichidagi AQSHga immigratsiya ko‘rsatkichlari asosida olti mintaqaviy hudud orasida taqsimlanadi. Bunda AQSHga immigratsiya ko‘rsatkichlari past bo‘lgan hududlarga ko‘proq viza miqdori belgilanadi.

Vizaga murojaat etuvchilar kompyuter orqali amalga oshiriladigan tasodifiy tanlov lotereyasi yordamida saralanadi. Shaxsning ismi lotereyada tanlanishi unga immigratsion vizaga murojaat etish jarayonining keyingi bosqichlarini o‘tish imkoniyatini beradi.

2026 yil uchun 55 000 tagacha Turli millatga mansub immigrantlar vizasi (DV) ajratiladi. DV dasturiga ro‘yxatdan o‘tish bepul, biroq tanlab olingan nomzodlar suhbatga chaqirilganda, rasmiy viza arizasini topshirishdan oldin viza uchun to‘lov to‘lashlari kerak bo‘ladi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100104 | Инструменты