Gugurt qutisida qancha cho'p bor?

Aynan shunday savol bilan iste'molchilar bir necha bor Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga murojaat qilishlariga to'g'ri keldi. 

Biz uchun odatiy hisoblangan gugurt qutisini xarid qilishda, iste'molchilar uning qisman to'ldirilganligidan shikoyat qilishmoqda (20 dona, ba'zida hattoki 15).

Aslida gugurt donasi qancha bo'lishi kerak?

Mazkur savol xalqaro standart “GOST 1820-2001 Spichki” bilan tartibga solinadi. Ro'zg'orimizda foydalanishimiz uchun mo'ljallangan qutidagi gugurtlar ushbu standart talablariga javob berishi lozim, yani ularda kamida 37 tadan 52 tagacha gugurt donasi bo'lishi kerak.

Biroq, “ATLAS INVEST” QK MCHJ “O'zstandart” agentligida o'zining shaxsiy Standartini ro'yxatdan o'tkazganligi hamda mazkur standartga muvofiq, gugurt qutisida 25 tadan 64 tagacha gugurt donasi bo'lishi mumkinligi belgilanganligi ma'lum bo'ldi.

Ya'ni, gugurt donasining minimal soni xalqaro standartda ko'rsatilgan miqdorlardan naqd 12 taga kam bo'lishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40323 | Инструменты