Sirdaryo viloyatining Guliston shahridan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chinorkent bekatigacha 28-martdan poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu elektropoyezd Gulistondan Chinorkentgacha bo‘lgan masofani 3,5 soatda bosib o‘tadi.
Yo‘l haqi:
To‘lovni ATTO transport kartasi yordamida to‘lash yoki chiptalarni temiryo‘l chiptaxonalaridan ham xarid qilish mumkin.
Barcha shart-sharoit, isitish va sovitish tizimiga ega bo‘lgan elektropoyezd vagonlari keng, shinam va xavfsizligi bilan ajralib turadi. 6 ta vagondan iborat bo‘lgan mazkur elektropoyezdning umumiy sig‘imi 586 yo‘lovchiga mo‘ljallangan, deydi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ shahar atrofida yo‘lovchi tashish MCHJ marketing va servis xizmat ko‘rsatish bo‘yicha direktori o‘rinbosari Dilmurod Ubaydullayev.
Elektropoyezd harakatlanish jadvaliga asosan har kuni qatnaydi. Gulistondan tonggi soat 6:11 da yo‘lga chiqsa, Chinorkentdan Gulistonga qarab 15:43 da jo‘nab, 19:00 da Gulistonga yetib keladi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati qatnov jadvali haqida barafsil ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, 7211-sonli Guliston—Toshkent shaharlararo tezyurar poyezdi qatnovi haftaning har kuni yo‘lga qo‘yiladi 7212- sonli Toshkent—Guliston, 7207/7208,7209/7210-sonli Toshkent—Chinorkent Toshkent shaharlararo tezyurar poyezdi qatnovi haftaning seshanba kunidan tashqari har kuni yo‘lga qo'yiladi va quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
Alpha version: 0.9.1.19 build 33112 | Инструменты