2 dekabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi ovqatlanish shoxobchasida gazballon portladi. Hodisa oqibatida 3 kishi vafot etdi. Bu haqda SSV xabar qildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida 29 nafar fuqaro turli darajadagi kuyish va tan jarohatlari olgan. Shundan 26 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filialiga yotqizilgan, 3 nafarining ahvoli qoniqarli bo‘lgani bois ambulator yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori Davron To‘laganov boshchiligidagi kombustiolog, reanimatolog, neyroxirurg, qo‘shma jarrohlar xirurgi, travmatolog va mikroxirurglardan iborat malakali mutaxassislar shu kunning o‘zida voqea joyiga yetib borib, bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.
O‘ta og‘ir qabul qilingan bemorlardan 3 nafari vafot etgan. Hozirgi paytda shifoxonaga yotqizilgan 1 nafar bemorning ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lib, u sun’iy nafas olish apparatida. Reanimatsiyadagi mavjud bemorlarning 5 nafari stabil og‘ir, nafasi mustaqil, hushida.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi (qaysi bandi ekani aniqlashtirilmagan — tahr.) (Odam o‘lishi yoki boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelgan mehnatni muhofaza qilish qoidalarining buzilishi) bilan qo‘zg‘atilib, 1 kishi protsessual tartibda qamoqqa olingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120314 | Инструменты