"O'zgidromet" xizmati respublika hududlari bo'ylab 9-11-oktabr kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini e'lon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 9 oktabrda 24-29°, 10 oktabrda 21-26°, 11 oktabrda 18-23° bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
harorat kechasi 8-13°, kunduzi 9-10 oktabrda 24-29°, 11 oktabrda 22-27° bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 9-10 oktabrda 25-30°, 11 oktabrda 27-32° bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. harorat kechasi 7-12°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. harorat kechasi 5-10°, kunduzi 13-18° bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122122 | Инструменты