Haftaning har chorshanba kuni huquqiy targ'ibot kuni etib belgilandi

Farmonga muvofiq, 2024-yil 1-iyundan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Bunda:

- Adliya vazirligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining faoliyat yo'nalishlaridan kelib chiqib huquqiy targ'ibot materiallari tayyorlanadi hamda ularning eng quyi bo'g'inigacha Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali yuboriladi;

- davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotni yetkazishga oid faoliyati raqamlashtiriladi va huquqiy targ'ibotning innovatsion usullari keng tatbiq etiladi;

- davlat organlari va tashkilotlarida o'z faoliyati sohasiga oid huquqiy axborotlarni aholiga yetkazish faoliyatini tashkil qilish hamda muvofiqlashtirishga mas'ul bo'linmalar belgilanadi;

- davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish darajasi va sifati ular faoliyatining samaradorligini baholash mezonlaridan biri hisoblanadi. 

Shuningdek, mahallalarda haftaning har chorshanba kuni huquqiy targ'ibot kuni etib belgilandi.

Huquqiy targ'ibot kunida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

- “Online-mahalla” platformasiga kiritilgan va joylarda aniqlangan muammolarning huquqiy yechimlariga qaratilgan manzilli huquqiy targ'ibot tadbirlarini tashkil qilish;

- aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish;

- ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta'minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi bo'yicha tizimli huquqiy targ'ibot tadbirlarini o'tkazish;

- kundalik hayotda eng ko'p zarur bo'ladigan davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda ulardan YIDXP (my.gov.uz) va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari to'g'risida huquqiy targ'ibot tadbirlarini tashkil qilish.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты