Hakamlik sudi sudyasi o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi 2 nafar fuqaroni Janubiy Koreya davlatiga mavsumiy ishchi sifatida yuborishga kelishib, 15 000 AQSH dollari talab qiladi. U ishni tezroq bitirib berish uchun oldindan 4 100 AQSH dollarini “avans” tariqasida oladi.
Ammo, bergan vaʼdasini ustidan chiqa olmagach, muqaddam olgan pul mablag‘idan bir qismini qaytarib bergan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112411 | Инструменты