Transplantatsiya amaliyoti uchun tibbiy xulosalar berish tartibi belgilandi

Adliya vazirligi Inson a'zolarini transplantasiya qilish haqida resipientlar va donorlarga tibbiy xulosalar berish bo'yicha nizomni ro'yxatdan o'tkazdi (ro'yxat raqami: 3706, 21.11.2025-y.).

Mazkur Nizomda retsipient va donorlarni tibbiy tekshiruvlardan o'tkazish hamda transplantatsiya amaliyoti uchun tibbiy xulosalar berish tartibi belgilandi.

Nizomga ko'ra, retsipient va tirik donor tibbiyot muassasalarida 3 oy ichida tibbiy tekshiruvlardan o'tishi kerak.

Tibbiy tekshiruv xulosalariga ko'ra transplantatsiya amaliyotiga ruxsat berish faqat Hukumatning 2024-yil 13-iyundagi 333-son qarorida ko'rsatilgan davlat tibbiyot muassasalarining tibbiy konsiliumi tomonidan amalga oshiriladi.

Tibbiy konsilium retsipientga inson a'zolari va (yoki) to'qimalari transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligi, donorga esa transplantatsiya amaliyotiga layoqatliligi to'g'risida tibbiy xulosani beradi yoki berishni rad etadi.

Transplantatsiya amaliyoti insonning ko'rish, nutq, eshitish qobiliyatining yo'qolishi yoki ruhiyatning buzilishi, mehnat qobiliyatining 33 foizdan ortiq barqaror yo'qolishiga sabab bo'ladigan tarzda ziyon yetkazishiga olib kelsa retsipient va donorga tibbiy xulosani berish rad etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112411 | Инструменты