Huawei 1
Hilola Umarova: Duch kelgan odam o‘qituvchiga do‘q qilish uyoqda tursin, madaniyat chegarasidan chetga chiqib gaplashishga haqli emas

Sirdaryoda o‘qituvchini urgan ayol ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgani haqida xabar bergan edik. Maktabgacha va maktab ta'lim vaziri Hilola Umarova o'qituvchilar bilan bo'layotgan ushbu holatlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

“Pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi”. “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasidan.

Afsuski, ijtimoiy tarmoqlarda dars vaqtida sinfxonaga bostirib kirish, o‘qituvchini haqoratlash, o‘quvchilar oldida izza qilish, hatto do‘pposlash holatlari tez-tez muhokama markaziga chiqyapti. Yaqinda Sirdaryoda bo‘lgan holat ham shular jumlasidandir.

Zo‘ravonlik holatlari yuz berganda tegishlicha murojaat qilinib, aybdorlarga chora ko‘rilgan.

Bu kabi holatlar yuz berganda o‘qituvchi-pedagoglarimizni himoya qilish uchun kerakli yuridik, ijtimoiy, psixologik yordam beriladi.

Shuni tushunib olishimiz kerakki, maktabga duch kelgan odam (dars vaqtida hatto ota-ona ham) istaganicha kirib-chiqish, dars jarayoni va pedagoglar faoliyatiga aralashish, o‘qituvchiga do‘q qilish uyoqda tursin, madaniyat chegarasidan chetga chiqib gaplashishga haqli emas. Bunday holatlar aniqlansa vazirlik zudlik bilan huquq-tartibot idoralariga murojaat qiladi!

Hurmatli o‘qituvchilar, jonkuyar pedagoglar, qadrli jamoamiz, sizning faoliyatingiz QONUN bilan himoyalangan, qadr-qimmatingizni himoya qilish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solishga tayyormiz", deya yozgan vazir o'z ijtimoiy tarmog'ida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22000 | Инструменты