Huawei 1
Toshkentda 55 mln so‘mlik oyoq kiyim o‘g‘risi ushlandi

Toshkent shahrida 55 mln so‘mlik oyoq kiyimlarni o‘g‘irlagan 35 yoshli o‘g‘ri ushlandi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning yanvar-fevral oylarida noma’lum shaxs Chilonzor tumanida joylashgan yirik savdo majmuasi omboridan 2001 yilda tug‘ilgan S.U.ga tegishli 55 mln so‘mlik 275 juft ayollar poyabzalini o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 1990 yilda tug‘ilgan N.O. aniqlanib, qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Tergov davom etmoqda. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan”, deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70216 | Инструменты