Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning maʼlum qilishicha, Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Ahmadovich Tursunov Jinoyat kodeksining 244 prim 2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismi bo‘yicha qidiruvga berilgan.
Eslatib o‘tamiz, Alisher Tursunov 2023-yilning 28-dekabr kuni Turkiya politsiyasi tomonidan o‘zi yashab turgan uyidan olib ketilgan va Istanbul viloyati Chatalja tumanida joylashgan Binkilich deportatsiya markaziga joylashtirilgan edi. 2024-yil 21-fevral kuni u deportatsiya markazidan oilasi bag‘riga qaytgan edi.
Mubashshir Ahmad 2023-yil avgustda O‘zbekistonda o‘zi asos solgan “Azon.uz” sayti o‘z faoliyatini to‘xtatganini maʼlum qilgan edi. Shundan so‘ng u noyabr oyida o‘zbek, rus, ingliz va turk tillarida faoliyat yurituvchi “Azon Global” portali faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
Shuningdek, 2020-yil dekabr oyida Turkiyada Abdukarim Mirzayev hibsga olinib, uni deportatsiya qilish haqida qaror chiqarilgan, u 33 kun hibsda saqlangach, qo‘yilgan gumonlar tasdig‘ini topmagani sabab ozodlikka chiqarilgan, so‘ng bir necha oy o‘tib gumonlar rasman olib tashlangan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22112 | Инструменты