Shaxmat bo‘yicha onlayn tarzda o‘tkazilgan “Titled Tuesday” turnirida yosh grossmeysterimiz Javohir Sindorov muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Turnir g‘olibligi 11-turda 10 ochko jamg‘argan polshalik Yan-Krishtof Dudaga nasib etdi. 11 imkoniyatdan 9 ochko jamg‘argan Sindorov qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Amerikalik Kristofer Yu 3-o‘rindan joy oldi.
Onlayn turnir g‘olibi 1 ming AQSH dollar pul mukofoti sohibi bo‘lgan bo‘lsa, Sindorov 750, 3-pog‘onani band etgan shaxmatchi 350 dollarga sazovor bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22114 | Инструменты