Kuni kecha Hindistonning “IndiGo” aviakompaniyasi Dehlidan Toshkentga parvozlar amalga oshira boshladi.
Aviakompaniyaning “A-320NEO” rusumli samolyoti Dehli vaqti bilan soat 20:50 da (Toshkent vaqti bilan soat 20:20) Toshkent tomon havoga ko‘tarildi. U poytaxtga mahalliy vaqt bilan soat 23:25 da yetib borishi rejalashtirilgan. Bu “IndiGo”ning 31-xalqaro yo‘nalishi bo‘ldi. Aviakompaniya samolyotlari ikki yirik shahar o‘rtasida haftasiga 4 marta parvoz qiladi.
Shu paytgacha Toshkent va Dehli o‘rtasidagi parvozlar “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan haftasiga 6 marta bajarilayotgan edi. Endilikda mazkur havo qatnovlari soni haftasiga 10 martaga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan “IndiGo” aviakompaniyasiga Dehli-Toshkent-Dehli yo‘nalishi bo‘yicha “A-320NEO” va “A-321NEO” samolyotlarida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50916 | Инструменты