Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida 31 yanvar kuni Damas haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan velosipedchini urib yubordi.
Maʼlum bo‘lishicha, yo‘l-transport hodisasi soat 20:00 atrofida tumandan o‘tgan 4M-11 avtoyo‘lida sodir bo‘lgan. Mashinani tegishli hujjatsiz boshqargan haydovchining urib yuborishi oqibatida velosipedchi voqea joyida halok bo‘lgan.
Holat yuzasidan Bog‘ot tumani tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari boshlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22000 | Инструменты