Huawei 1
“Hududiy elektr tarmoqlari” 15,2 mln so‘mga bir dona shaxmat xarid qildi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ yakka tartibdagi tadbirkordan 15 million 200 ming so‘mga bir dona yong‘oqdan ishlangan shaxmat xarid qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Tashkilot holat yuzasidan tushuntirish berdi.

Ma'lum qilinishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan xorijiy ekspertlar ishtirokida qator xalqaro ilmiy-texnik anjumanlar, nufuzli mehmonlar tashrifi doirasida tegishli bayonnoma asosida tadbirlar о‘tkazilib, mazkur tadbirlar qatnashchilari, nufuzli mehmon va xorij ekspertlariga tarqatma materiallari va esdalik sovg‘alari taqdim etilishi belgilangan.

Keltirib о‘tilgan buyumlar “E-xarid” maxsus elektron portali orqali sotib olinib, energetika tarmog‘iga oid xalqaro shartnomalarni imzolash tadbirlarida nufuzli mehmonlarga sovg‘a sifatida topshirilgan.“Shuni alohida ta’kidlash lozimki, jamiyat tomonidan bu kabi esdalik sovg‘alarni tanlashda milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish, soha vakillarini har tomonlama qо‘llab-quvvatlash masalalariga birlamchi yondashiladi”, — deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50803 | Инструменты