Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida bolaga itlar hujum qilgani va taksi haydovchisi uni qutqarib qolgani aks etgan video tarqaldi.
Bu bo‘yicha Samarqand shahar hokimligi va viloyat IIB rasmiy ma'lumot bildirdi.
Holat joriy yil 8-iyul kuni Samarqand shahrining Nabiyev-4 ko‘chasida sodir bo‘lgan. Shu ko‘chadagi mashina ustaxonasi ichida yuradigan itlar ko‘chadan o‘tib ketayotgan bolakayga tashlangan. Shu vaqtda taksi haydovchisi holatni ko‘rib qolib, itlarni haydab, bolakayga yordam bergan. Itlar hujum vaqtida bolaning oyoq qismiga tashlangan.
Ushbu itlar tezda Obodonlashtirish boshqarmasining Nazoratsiz hayvonlarni ovlash guruhi tomonidan tutilib, Samarqand shahar veterenariya va chorvachilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga topshirildi.
Bolaning salomatligi esa to‘liq nazoratga olingan, hozirda ahvoli yaxshi.
Holat qo‘shimcha o‘rganilmoqda. O‘rganish davomida itlarning egasi aniqlangan taqdirda unga nisbatan qonuniy tartibda chora ko‘riladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122713 | Инструменты