Huawei 1
2024-yilda dengiz orqali Ispaniyaga yetib olishga uringan 10 mingdan ortiq muhojir halok bo‘ldi

2024-yilda dengiz orqali Ispaniyaga yetib olishga uringan 10 mingdan ortiq muhojir halok bo‘ldi. Bu haqda turli migratsiya yo‘nalishlarini tahlil qiluvchi Caminando Fronteras tashkiloti hisobotida aytiladi.

Tashkilotga ko'ra, bu yil har kuni o'rtacha 30 nafar muhojir Ispaniyaga qayiqda yetib borishga urinib halok bo'lgan. O'lganlarning umumiy soni o'tgan yilga nisbatan 58 foizga ko'p.

Halok bo‘lganlar orasida 1538 nafar bola va 421 nafar ayol bor. Eng halokatli oylar aprel va may edi.

Ispaniya ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 15-dekabriga qadar 57,7 mingdan ortiq muhojir Ispaniyaga qayiqda yetib kelgan, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 12 foizga koʻp.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122807 | Инструменты