Toshkentda xizmatchi ayolga jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan erkak qamaldi. Mazkur holat joriy yilning 22 dekabr kuni Toshkent shahar Mirobod tumani Qo‘yliq-1 dahasida sodir bo‘lgan.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro erkak H.H. ijtimoiy tarmoq orqali kunlik ishchilar guruhidan ayol M.S.ni raqamini olgan. Unga qo‘ng‘iroq qilib, uy ishlari borligini aytib, uni Mirobod tumani hududiga chaqirgan. Keyin o‘zaro gaplashib, turganlarida ayolga pul evaziga jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan. Biroq ayol rozi bo‘lmagach, uni quchoqlab rasmga olmoqchi bo‘lgan. Ayol undan qochib IIO xodimlariga habar bergan.
Holat yuzasidan sud ishi JIB Mirobod tumani sudida ko‘rib chiqilgan.
Sud majlisida erkak qilmishidan pushaymonligini va oilaviy sharoitini inobatga
olib, unga yengillik berishni so‘rab, ko‘rsatma berdi.
Jabrlanuvchi ayol M.S. sudlanuvchi erkak 3 xonali kvartirani tozalash kerakligini aytib, evaziga 250
ming so‘m berishini aytib, qo‘ng‘iroq qilganini maʼlum qilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi erkak H.H. MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Erkakka nisbatan mazkur moddalar bilan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi va BHMning 1 baravari yaʼni 375 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122805 | Инструменты