O'zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning "Prohuman" rekruting kompaniyasi bosh direktori Agnes Tot va xizmatlar bo'yicha direktori Endre Kovach bilan muzokaralar o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
"Prohuman" Vengriyaning yuqori, va o'rta-quyi kvalifikatsiyali xodimlarini, shuningdek, IT, tibbiyot va avtomobilsozlik sohalarida yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilishga ixtisoslashgan yetakchi rekruting tashkilotlaridan biridir. Hozirgi kunda kompaniya Vengriya va boshqa mamlakatlarda 12 mingga yaqin kishini muvaffaqiyatli ish bilan ta'minlamoqda.
Muzokaralar davomida Vengriyaga O'zbekistondan turli kvalifikatsiyali ishchilar va mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Kompaniya rahbarlari mamlakatimizda Vengriya mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblarga o'qitishni tashkil etishni taklif qilishdi.
Mazkur hamkorlik mehnat migratsiyasi imkoniyatlarini kengaytirishga, shuningdek, ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan bo'lib, O'zbekiston fuqarolari uchun ishga joylashish va kasbiy o'sish bo'yicha yangi istiqbollarni yaratadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122806 | Инструменты