Bugun, 5-iyun kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingi – “QS World University Rankings-2025” natijalarini e’lon qildi.
Reytingdan birinchi marta O‘zbekistonning birvarakayiga ikki oliy ta’lim muassasasi – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 547-o‘rin hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti 781–790-o‘rin bilan munosib joy egalladi.
Milliy tadqiqot universiteti “Akademik nufuz” ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 300 ta oliy o‘quv yurtlari qatoriga va Markaziy Osiyodagi eng yaxshi universitetlar uchligiga kirdi.
O‘zbekiston milliy universiteti “Chet ellik o‘qituvchilar ulushi” ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning 200 ta eng yaxshi universitetlari qatorida bo‘lib, Markaziy Osiyo oliy o‘quv yurtlari orasida ikkinchi o‘rinni qayd etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82501 | Инструменты