Huawei 1
Import avtomobillar sinovi uchun uzoq muddatli elektron navbat paydo bo‘la boshladi

2024 yil 1 noyabrdan boshlab import qilingan avtomobillarni bojxona hududida emas, Piskentdagi poligonda texnik sinovlardan o‘tkazish boshlangandi. Shuningdek, yakka tartibda yoki xususiy tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan mashinalar uchun elektromagnit moslashuvchanlik tekshiruvi ham joriy qilindi. Buning ortidan avtomobillarini poligonga olib kelganlar uzun navbatlarga ro‘baro‘ keldi va noroziliklar boshlandi, deya yozmqoda Kun.uz.

UzTest davlat muassasasi vakillarining aytishicha, bitta mashinani sinovdan o‘tkazishga 30-35 daqiqa vaqt ketadi. Bu degani 24 soat ishlayotgan markaz kuniga 50 tagacha, yiliga esa 18 mingta avtomobilni sinovdan o‘tkaza oladi. Bu – o‘tgan yili berilgan sertifikatlar soni, ya’ni mavjud talabdan 3,5 barobarga kam.

Vaziyatni yumshatishga harakat qilgan rasmiylar navbat olishni elektron shaklga o‘tkazishdi. 

Telegram’dagi «autodeklarant» kanalining xabar berishicha, 8 yanvar soat 15:45 holatiga ko‘ra 12 kunlik navbat shakllangan.

«Hozir tizimga kirib, avtomashina muvofiqligini baholash uchun elektron navbat olmoqchi bo‘lsangiz, eng kam muddat 20 yanvar soat 20:00 dan keyingi navbatlar hisoblanadi», deyiladi xabarda.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Piskentdagi poligonda muvofiqlik sertifikati berish uchun ayrim tekshirish laboratoriyalari noma’lum sabablarga ko‘ra, vaqtincha yopilgani aytilmoqda. Mashinasini tekshirtirmoqchi bo‘lganlar kamida fevralgacha kutishi kerak bo‘lishi mumkin.

Texnik regulyatsiya agentligi va UzTest holat yuzasidan hozircha izoh bermadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11000 | Инструменты