Huawei 1
Instabloger "Sevinchka" sheriklari bilan ona-bolani "samosud" qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Instabloger "Sevinchka" tahallusidagi shaxs o‘zining sheriklari bilan birovning uyiga bostirib kelib, ro‘moldagi qizni ro‘mollarini yechib onasini va o‘zini samosud qilgani aks etgan video tarqaldi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosovning "Uzreport.news" manbasiga ma’lum qilishicha, mazkur holat joriy yilning 21-avgust kuni Namangan viloyati Davlatobod tumanida sodir bo‘lgan.

Mazkur janjalni uyushtirgan shaxslar aniqlangan va ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 277-moddasi (bezorilik)ning 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60713 | Инструменты