Huawei 2
Internetda Shavkat Mirziyoyevni haqoratlab, izoh yozgan yigit 5 yilga qamaldi

Namanganda 1996 yilda tug‘ilgan yigit prezidentga qarshi haqoratli izohlar yozgani uchun sudlandi.

Aniqlanishicha, sudlanuvchi 2016 yil 26 sentyabr kuni O‘zbekistondan Ozarbayjonga borib, 2016 yil 30 sentyabr kuni u yerdan fuqarolik pasportiga dunyoning barcha mamlakatlariga chiqish uchun maxsus ruxsat stikeri rasmiylashtirilmagan bo‘lsada, belgilangan tartibni buzib, Eronga kirib, qonunga xilof ravishda chet elga chiqqan.

Bundan tashqari, D.Tursunov o‘z harakatlarini davom ettirib, Facebook'da 2023 yil 8 may kuni ushbu profiliga “O‘zbekiston Prezidenti” Moskvada Gʻalabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi” nomli maqoladan ko‘chirib olingan ekran tasvirini joylashtirib, ushbu postda O‘zbekiston prezidentini haqoratlagan va unga tuhmat qilgan. U Facebook orqali turli postlarga davlatga qarshi izohlar qoldirgan.

Sud hukmi bilan sudlanuvchi JKning 158-moddasi 3-qismi va 223-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan va unga uzil-kesil 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga