Huawei 1
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasi tugatiladi

“Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-15-son, 30.01.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasi tugatiladi.

Ipakchilik qo'mitasining vazifa va funksiyalari quyidagi qo'mita va vazirliklarga o'tkaziladi:

  • yaylovlarni boshqarishga oid vazifa va funksiyalari – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasiga;
  • pilla yetishtirish va ipakchilik sohasini rivojlantirishga oid vazifa va funksiyalari – Qishloq xo'jaligi vazirligi hamda “O'zbekipaksanoat” uyushmasiga;
  • Qorako'lchilik va cho'l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro cho'l-yaylov ozuqabop o'simliklar urug'chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi – Veterinariya qo'mitasi tizimiga;
  • Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti va O'zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti – Qishloq xo'jaligi vazirligi tizimiga.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20100 | Инструменты